«Sudlar to'g'risida»gi qonun

19-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi

(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 июндаги ЎРҚ-1067-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.06.2025 й., 03/25/1067/0498-сон)

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari — ma'muriy, fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atlari raislari hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati; Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati; Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati; Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati; Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati. Sudlov hay'atlarida ixtisoslashtirilgan sudlov tarkiblari tuzilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining son jihatdan tarkibi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.