«Sudlar to'g'risida»gi qonun

101-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

(9-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)

Ushbu Qonun rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. 1-modda. Harbiy sudlar O'zbekiston Respublikasi sud tizimiga kiradi hamda O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat bo'ladi. Harbiy sudlar chiqaradigan hal qiluv qarorlari va hukmlar O'zbekiston Respublikasi nomidan e'lon qilinadi. 2-modda. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqi asosida ish yuritadi hamda sudyalar, shu jumladan sud raisi, rais o'rinbosari, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo'ladi. Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish yuritadi va sudyalar, shu jumladan sud raisi, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo'ladi. 3-modda. Harbiy sudlar sudyalarini tayinlash tartibi va ularning maqomi «Sudlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 4-modda. O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari: 1) O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalar harbiy xizmatchilari, shuningdek o'quv yig'inlarida bo'lgan davrda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlarni; 2) harbiy qismlar, qo'shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining qo'mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da'volari bo'yicha fuqarolik ishlarini hamda harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilar huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni; 3) alohida holatlar tufayli sudlar ish yuritmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini; 4) davlat sirlariga taalluqli ishlarni; 5) qonun bilan o'z vakolatlariga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'radi. O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko'rishi mumkin. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko'rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatni o'tash davrida sodir etgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar, agar ular ish sudda ko'rilish paytiga kelib xizmatdan bo'shab ketgan bo'lsa ham, harbiy sudlar tomonidan ko'riladi. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko'rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatga chaqirilgunga yoki kirgunga qadar sodir etgan jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan ko'riladi. 5-modda. O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi sudloviga: generallar tarkibidagi mansabdor shaxslarning jinoyatlari to'g'risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar; sodir etilganligi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi mumkin bo'lgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar; polkovnik, 1-darajadagi kapitan harbiy unvoniga ega bo'lgan shaxslarning yoxud brigada komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqei bo'yicha ularga teng shaxslarning jinoyatlari to'g'risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir. 6-modda. Hududiy harbiy sudlar sudloviga podpolkovnik, 2-darajadagi kapitandan yuqori bo'lmagan harbiy unvonlardagi shaxslarning jinoyatlari to'g'risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir. 7-modda. Bir guruh shaxslar ayblangan taqdirda, ayblanuvchilardan loaqal biri xususidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo'lib, uni qonunga muvofiq alohida ish yuritishga ajratish mumkin bo'lmasa, fuqaro shaxslarga oid ishlarning harbiy sudlar tomonidan ko'rilishiga yo'l qo'yiladi. Yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan taqdirda, agar jinoyatlardan loaqal biri haqidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo'lsa, barcha jinoyatlar to'g'risidagi va barcha shaxslarga oid ish harbiy sud tomonidan ko'riladi. 8-modda. Harbiy sudlar jinoyat ishlari bilan birga harbiy qismlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va fuqarolarning jinoyatlar tufayli o'zlariga yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi fuqarolik da'volarini ham ko'rib chiqadi. 9-modda. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi: o'z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instantsiya sudi sifatida va apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko'rib chiqadi; hududiy harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; harbiy sudlar ishining tashkil etilishini tekshiradi; harbiy sudlarning sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi; sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; harbiy sudlar sudyalarining malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko'radi; sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi harbiy sudlar ishini tashkil etish masalalariga doir buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi. 10-modda. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosati mazkur sud sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining majlislari zaruriyatga qarab, biroq har oyda kamida bir marta o'tkaziladi va rayosat a'zolarining ko'pchiligi hozir bo'lganda vakolatli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari majlisda ishtirok etayotgan rayosat a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va sud raisi tomonidan imzolanadi. 11-modda. O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi rayosati: sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini tahlil qilish natijalarini ko'rib chiqadi; sudlov hay'atining faoliyati to'g'risidagi ma'ruzalarni eshitadi; hududiy harbiy sudlar raislarining qonunchilikni qo'llash amaliyoti to'g'risidagi ma'ruzalarini eshitadi. O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 12-modda. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudlov hay'ati: o'z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instantsiyada ko'rib chiqadi; ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko'rib chiqadi; sud amaliyotini o'rganadi va umumlashtiradi; sud statistikasini tahlil qiladi. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudlov hay'ati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 13-modda. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi: sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; sud rayosati majlislarini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; sud rayosati qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; sud majlislarida raislik qiladi; quyi turuvchi sudlar faoliyatini tashkil etishda ko'maklashadi; sudyalar, sud apparati xodimlari va xalq maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini yuritish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; Sudyalar oliy malaka hay'atiga sudyalar malaka hay'atlari qarorlari yuzasidan taqdimnomalar kiritadi; sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va tugatadi. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 14-modda. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o'rinbosari: sudlov hay'ati ishini tashkil etadi; sudlov hay'ati majlislarida raislik qiladi; sudlov hay'ati faoliyati to'g'risida sud rayosatiga ma'ruza taqdim etadi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi; sud raisi yo'qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o'rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi o'rinbosari yo'qligida uning vakolatlari mazkur sud raisi tomonidan sudyalardan biriga yuklatilishi mumkin. 15-modda. Hududiy harbiy sud raisi: sud majlislarida raislik qiladi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va tugatadi. Hududiy harbiy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Hududiy harbiy sud raisi yo'qligida uning vakolatlarini O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalaridan biri bajaradi. 16-modda. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 17-modda. Harbiy sudlar sudyalari «Sudlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi. 18-modda. Harbiy sudlarning apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq tegishli harbiy sud raisi tomonidan amalga oshiriladi. 19-modda. Harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan ta'minlash, moliyalashtirish, transport, aloqa vositalari bilan ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi. 20-modda. Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy sudlarga qo'riqlab olib borish va ularni sud majlisida qo'riqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni ko'rish joyiga qo'riqlab olib borish va qo'riqlash belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soqchilik qo'shinlari qismlari, organlari tomonidan amalga oshiriladi. 21-modda. Harbiy sudlar O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi yozilgan muhrga ega bo'ladi. 1-modda. «Sudlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi. 2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi malaka darajalari beriladi: oliy malaka darajasi; birinchi malaka darajasi; ikkinchi malaka darajasi; uchinchi malaka darajasi; to'rtinchi malaka darajasi; beshinchi malaka darajasi. 3-modda. Malaka darajalari quyidagicha beriladi: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga — oliy, birinchi, ikkinchi malaka darajalari; Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar ma'muriy sudlari sudyalariga — birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari; tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar sudyalariga — uchinchi, to'rtinchi, beshinchi malaka darajalari. 4-modda. Oliy malaka darajasi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Oliy malaka darajasi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o'rinbosarlari — sudlov hay'atlari raislariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining O'zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay'ati xulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa malaka darajalari tegishli sudyalar malaka hay'atlari xulosasiga binoan O'zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay'ati tomonidan beriladi. Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi. Sudyalar orasidan belgilangan tartibda saylangan yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan shaxslarga malaka darajalari tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay'ati tomonidan beriladi. 5-modda. Har bir malaka darajasida bo'lish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud bo'lgan taqdirda quyidagicha belgilanadi: beshinchi malaka darajasida — ikki yil; to'rtinchi malaka darajasida — uch yil; uchinchi malaka darajasida — to'rt yil; ikkinchi malaka darajasida — besh yil. Birinchi malaka darajasida bo'lish muddati belgilanmaydi. Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qat'i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori bo'lmagan malaka darajasi berilishiga yo'l qo'yiladi. 6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish chog'ida qonuniylikni qo'pol ravishda buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin. Malaka darajasidan mahrum etish va malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi. 7-modda. Malaka darajasiga ega bo'lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi. 8-modda. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan o'tkazish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi. 1-modda. Ushbu Nizom sudlar apparati, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi), O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Sudyalar oliy kengashi deb yuritiladi), O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy bo'limlari xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi. 2-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo'limlari xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi mansab darajalaridan iborat: 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi; 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi; 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi; 1-darajali adliya maslahatchisi; 2-darajali adliya maslahatchisi; 3-darajali adliya maslahatchisi; 1-darajali yurist; 2-darajali yurist; 3-darajali yurist. 3-modda. Mansab darajalari oliy yuridik ma'lumotga yoki boshqa oliy ma'lumotga ega xodimlarga, egallab turgan lavozimi, malakasi va ish stajiga muvofiq ketma-ketlikda yoxud ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi. 4-modda. Mansab darajalari: 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Sudyalar oliy kengashi raisiga; 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktoriga, Departament direktoriga; 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktorining o'rinbosariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbariga; 1-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sud kotibiyati mudiriga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Sudyalar oliy kengashi kotibiga, Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining o'rinbosariga; 2-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning katta ekspertlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari o'rinbosarlariga va bo'lim boshliqlariga, Konstitutsiyaviy sud raisining yordamchisiga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining maslahatchisiga, Sudyalar oliy kengashining yetakchi inspektorlariga, birinchi bo'limi mudiriga, Oliy maktabning bo'lim boshliqlariga, kafedra o'qituvchilariga, Departamentning bo'limlari va hududiy bo'limlari boshliqlariga; 3-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning ekspertlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshlig'iga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining bo'lim boshliqlari o'rinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Sudyalar oliy kengashining arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va yetakchi mutaxassislariga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo'yicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga; 1-darajali yurist — Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma'muriy sudlarining bo'lim boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, sudya katta yordamchilariga, Oliy maktabning devonxona mudiriga va arxiv mudiriga; 2-darajali yurist — Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma'muriy sudlarining katta mutaxassislariga, devonxona mudirlariga, sudyalar malaka hay'atlari kotiblariga, Departament hududiy bo'limlarining bosh mutaxassislariga; 3-darajali yurist — tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga beriladi. 5-modda. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. 1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari: Sudyalar oliy kengashi va Oliy maktabning xodimlariga — Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan; Konstitutsiyaviy sudning devoni xodimlariga — Konstitutsiyaviy sudning raisi tomonidan; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlar apparatlari xodimlariga, Departament va uning hududiy bo'limlari xodimlariga — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi. Konstitutsiyaviy sudning raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Sudyalar oliy kengashining raisi ushbu Nizomning 4-moddasida nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha bo'lgan mansab darajasini berishga haqli. 6-modda. 1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajalarida bo'lish muddati belgilanmaydi. Har bir mansab darajasida bo'lish muddati ijobiy attestatsiya mavjud bo'lgan taqdirda 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — to'rt yilni, 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — ikki yarim yilni tashkil etadi. 7-modda. Ushbu Nizomning 5-moddasiga muvofiq sudlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo'limlari xodimlariga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasigacha bo'lgan mansab darajasini berishga — egallab turgan lavozimi bo'yicha nazarda tutilgan darajadan qat'i nazar, ketma-ketlikda va mansab darajasida bo'lish muddatiga rioya etmagan holda yo'l qo'yiladi. 8-modda. Sudlarga, Sudyalar oliy kengashiga, Oliy maktabga, Departamentga va uning hududiy bo'limlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga o'tgan xodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlari va mansab darajalari inobatga olingan holda beriladi. 9-modda. Konstitutsiyaviy sud raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi: 1) oldingi mansab darajasida bo'lish uchun belgilangan xizmat muddati tugamasdan, ishda alohida o'rnak ko'rsatganligi yoki xizmat burchini namunali bajarganligi uchun; 2) xodim yuqori lavozimga ko'tarilayotganda ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin uning o'z darajasidan ikki mansab darajasidan yuqori bo'lmagan; 3) attestatsiyadan birinchi marta o'tayotgan xodimlarga ularning lavozimlari bo'yicha belgilanganidan bir pog'ona past mansab darajasi berishga haqli. 10-modda. Ish staji bo'lmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti oy o'tgach mansab darajasi beriladi. 11-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo'limlarining bir mansab darajasida belgilangan muddat xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklari bo'lgan xodimlari mansab darajasi ko'tarilmaydi. 12-modda. Mansab darajalari berilgan xodimlar shu mansab darajalarida umrbod bo'ladi va faqat sudlarda, Sudyalar oliy kengashida, Oliy maktabda, Departamentda va uning hududiy bo'limlarida ishlashga noloyiq xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda ulardan mahrum qilinishi mumkin. 13-modda. Xizmat burchini qo'pol ravishda buzgani yoki xizmat vazifalarini muttasil lozim darajada bajarmagani uchun xodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq bo'lmagan mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin. Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish mansab darajasi berish huquqiga ega bo'lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 14-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo'limlari xodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya o'tkazish tartibi Konstitutsiyaviy sud raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi. 15-modda. Mansab darajasi bo'lgan sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo'limlari xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar qonunchilikda belgilangan miqdorlarda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.