Fuqaroning tibbiy yordam so'rab murojaat qilganligi, uning sog'lig'ining holati, kasalligiga qo'yilgan tashxis xususidagi hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma'lumotlar shifokor sirini tashkil etadi.
Shifokor siri hisoblangan ma'lumotlardan o'qish hamda kasb-korga, xizmatga doir va boshqa xil vazifalarni bajarish paytida xabardor bo'lib qolgan shaxslarning bu ma'lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishiga yo'l qo'yilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan hollar bundan mustasno.
Shifokor siri hisoblangan ma'lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga ko'ra yo'l qo'yiladi:
ahvoli og'irligi sababli o'z xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;
yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud tekshiruvi o'tkazilishi munosabati bilan so'rovi bo'yicha;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining fuqaroning ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatishga muhtojligini aniqlashga qaratilgan so'rovi bo'yicha;
o'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam ko'rsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;
fuqaroning sog'lig'iga g'ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud bo'lganida.
Shifokor siri hisoblangan ma'lumotlar qonunda belgilangan tartibda berilgan shaxslar shifokor sirini oshkor qilganlik uchun qonunga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan bab-baravar javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
45-modda. Shifokor siri
(45-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.