O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
sog'liqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini;
fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi davlat siyosatini;
sog'liqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablag' bilan ta'minlanishini;
sog'liqni saqlash davlat tizimini boshqarishni;
sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini ta'minlash ustidan nazoratni;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog'lig'ini muhofaza etish chora-tadbirlari ko'rilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko'rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni;
fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi o'rnatilishini;
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sug'urtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni;
fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam ko'rsatishda va ularni dori vositalari bilan ta'minlashda imtiyozlar belgilashni;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
4-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi vakolatlari
(4-модданинг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.