Harbiy-tibbiy ekspertiza harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt bo'yicha kiradigan, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining zaxirasida (rezervida) turgan fuqarolarning hamda harbiy xizmatchilarning salomatligi jihatidan harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini, kasallik, yaradorlik, shikastlanganlik harbiy xizmat (harbiy yig'inlarni o'tash) bilan bog'liqligini aniqlaydi, harbiy xizmatchilarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish va ularning sog'lig'ini tiklashning turlari, hajmi va muddatini belgilaydi.
Harbiy-tibbiy ekspertizani tashkil etish va o'tkazish tartibini, shuningdek harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt bo'yicha kiradigan fuqarolar va harbiy xizmatchilar sog'lig'ining holatiga nisbatan qo'yiladigan talablarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir. Harbiy-tibbiy ekspertizani o'tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o'zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
38-modda. Harbiy-tibbiy ekspertiza
(38-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 5 сентябрдаги ЎРҚ-564-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.09.2019 й., 03/19/564/3690-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.