«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

36-modda. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash

(36-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Fuqarolarning kasallik, shikastlanganlik, homiladorlik, tuqqanlik, oilaning betob a'zosini parvarishlaganlik, protez qo'ydirganlik, sanatoriy-kurortda davolanganlik munosabati bilan va boshqa hollardagi mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertizalash qonunchilikda belgilangan tartibda o'tkaziladi. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash davlat sog'liqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari tomonidan o'tkaziladi va ular fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqasini beradi. Xususiy va boshqa xil sog'liqni saqlash tizimlarida davolangan fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqalari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi belgilab qo'yadigan tartibda beriladi. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizalanganida xodimni sog'lig'ining holatiga qarab vaqtincha yoki doimiy ravishda boshqa ishga o'tkazish zarurati va muddati aniqlanadi, shuningdek fuqaroni belgilangan tartibda, shu jumladan unda nogironlik belgilari mavjud bo'lgan taqdirda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yo'llash to'g'risida qaror qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.