Sog'liqni saqlash amaliyotida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qo'llanishga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo'yish, davolash usullaridan, tibbiyot texnologiyalari, dori vositalari va dezinfektsiya vositalaridan foydalaniladi.
Qo'llanishga ruxsat etilmagan, lekin belgilangan tartibda ko'rib chiqilayotgan tashxis qo'yish, davolash usullari va dori vositalaridan bemorni davolash manfaatini ko'zlab faqat uning ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi olinganidan keyin, o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxslarni davolashda esa faqat ularning hayoti bevosita xavf ostida qolgan taqdirda va qonuniy vakillarining yozma roziligi bilangina foydalanish mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tashxis qo'yish, davolash usullari va dori vositalarini, dezinfektsiya vositalarini, shu jumladan chet elda foydalaniladiganlarini qo'llanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Insonni ob'yekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot o'tkazishga faqat laboratoriya tajribalari o'tkazilganidan va fuqaroning yozma roziligi olinganidan keyingina davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida yo'l qo'yiladi. Fuqaroni biologik-tibbiy tadqiqotlarda qatnashishga majburlash mumkin emas.
Biologik-tibbiy tadqiqot o'tkazishga fuqarodan rozilik olinayotganda unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qo'shimcha oqibatlari, ehtimol tutilgan xavfi, tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan natijalariga oid ma'lumotlar berilishi lozim. Fuqaro tadqiqotning istalgan bosqichida unda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
Belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan o'tmagan profilaktika, tashxis qo'yish, davolash usullari va dori vositalarini targ'ib qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida targ'ib qilish taqiqlanadi. Ushbu normani buzish qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
34-modda. Profilaktika, tashxis qo'yish, davolashning yangi usullarini, dori vositalari dezinfektsiya vositalarini qo'llanish hamda biologik-tibbiy tadqiqotlar o'tkazish tartibi
(34-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.