«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

27-modda. Tibbiy aralashuvni rad etish

Fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning to'xtatilishini talab qilish huquqiga ega, ushbu Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda shifokor yozma tasdiqnoma olishga, agar tasdiqnoma olishning iloji bo'lmasa — tibbiy aralashuvni rad etishni guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan guvohlantirib olishga haqlidir. Basharti tibbiy aralashuvni bemorning qonuniy vakili rad etsa va bu hol bemor uchun og'ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo'lsa, shifokor bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.