Bemor tibbiy yordam so'rab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega:
tibbiyot xodimlari va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning hurmat va mehr-muruvvat ko'rsatishlari;
shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;
sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o'tish, davolanish va parvarish qilinish;
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi belgilab qo'ygan tartibda o'z iltimosiga ko'ra boshqa mutaxassislarning konsilium qilishi va ulardan maslahatlar olish;
tibbiy yordam so'rab murojaat qilganligi, sog'lig'ining holati, qo'yilgan tashxis to'g'risidagi ma'lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar sir saqlanishi;
tibbiy aralashuvga o'z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish;
o'z huquq va burchlari xususida hamda sog'lig'ining holati haqida ma'lumot olish, shuningdek sog'lig'ining holatiga doir ma'lumotlarni uning manfaatini ko'zlagan holda bersa bo'ladigan shaxslarni tanlash;
ixtiyoriy tibbiy sug'urta doirasida tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish;
tibbiy yordam ko'rsatish vaqtida sog'lig'iga zarar yetkazilgan taqdirda ko'rilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi;
huquqini himoya qilishi uchun huzuriga advokat yoki boshqa qonuniy vakil qo'yilishi.
Huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning qonuniy vakili bevosita davolash-profilaktika muassasasining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
24-modda. Bemorning huquqlari
(24-модда биринчи қисмининг ўнинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.