Pensiya bilan ta'minlanish huquqini beradigan yoshga yetgan fuqarolarga davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatiladi.
Tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish o'z ichiga statsionar-ambulatoriya yo'li bilan davolashni, sanatoriy va dam olish uylarida sog'lomlashtirishni, yolg'iz keksalarga ularning o'z uyida hamda internat-uylarda xizmat ko'rsatishni qamrab oladi.
Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa asosida qonunchilikka muvofiq ijtimoiy sug'urta mablag'lari, sog'liqni saqlash organlarining mablag'lari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag'lari hisobidan kuch-quvvatni tiklash huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
21-modda. Pensiya yoshidagi fuqarolarning huquqlari
(21-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.