Fuqarolarning sog'lig'ini saqlash, yuqumli va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida ro'yxatini O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan ishlab chiqarishlar hamda ayrim kasblarning xodimlari ishga kirish vaqtida dastlabki majburiy tibbiy ko'rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tadilar.
Sog'lig'ining holatiga ko'ra fuqaro ayrim turdagi kasb-kor hamda yuqori darajali xavf manbai bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanishga vaqtincha yoki doimiy layoqatsiz deb topilishi mumkin. Bunday qaror tibbiyot nuqtai nazaridan shug'ullanish nomaqbul deb topilgan faoliyatlar ro'yxatiga muvofiq holda tibbiy komissiyalar chiqargan xulosa asosida qabul qilinadi va uning ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Tibbiyot nuqtai nazaridan shug'ullanish nomaqbul deb topilgan ayrim turdagi kasb-kor va yuqori darajada xavfli manba bilan bog'liq faoliyatlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda belgilanadi hamda besh yilda kamida bir marta qayta ko'rib chiqiladi.
Ish beruvchilar o'z xodimlarining majburiy tibbiy ko'rikdan o'z vaqtida o'tishi uchun va majburiy tibbiy ko'rikdan o'tmagan shaxslarni ishga qo'yish natijasida fuqarolarning sog'lig'iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
17-modda. Ayrim turdagi kasb-kor bilan shug'ullanuvchi fuqarolarning sog'lig'ini saqlash
(17-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 3 январдаги ЎРҚ-456-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.01.2018 й., 03/18/456/0512-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.