«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

10-modda. Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari

(10-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o'z mablag'lari, jalb etilgan mablag'lar va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi. Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy xizmat ko'rsatadilar. Bunday xizmatlarning hajmi, ro'yxati, ularni ko'rsatish tartibi hamda kompensatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qo'llanilishiga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo'yish hamda davolash vositalaridan foydalaniladi. Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari belgilangan tartibda tibbiy hujjatlarni yuritishi hamda statistika ma'lumotlarini taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari — bu davlat tizimlari tashqarisida ishlayotgan tibbiy muassasalar, dorixonalar va dori ishlab chiqaradigan korxonalardir. Ular o'z pullaridan yoki boshqa manbalarga ko'ra moliyalashtirilib, fuqarolarni davolash va profilaktika xizmatlarini ko'rsatadi. KIMGA TEGISHLI Bu tizimlar xususiy shaxslar, kompaniyalar va tashkilotlarga tegishli bo'lishi mumkin. AMALDA Masalan, shaharning xususiy klinikasi o'z mablag'lari hisobidan bemorlarni qabul qiladi va davolaydi. Shuningdek, bu klinika fuqarolarning ayrim guruhiga (pensionerlar, bolalar) bepul xizmat ko'rsatishi mumkin. Klinika qonunchilikka muvofiq faqat ruxsat etilgan dorilardan foydalanadi va tibbiy hujjatlarni to'g'ri yuritishi kerak.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.