Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan sanadan e'tiboran ishonchli boshqarish shartnomasi bo'yicha soliq majburiyatlarini bajaradi.
Ishonchli boshqaruvni ta'sis etuvchi (naf oluvchi), mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi munosabati bilan o'zida yuzaga keladigan soliq majburiyatlarini, agar soliq majburiyatlarini bajarish (qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha majburiyatlardan tashqari) ishonchli boshqaruvchiga yuklatilmagan bo'lsa yoxud mol-mulk O'zbekiston Respublikasining norezidenti bo'lgan ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqarishga topshirilgan taqdirda, mustaqil ravishda bajaradi.
Ishonchli boshqaruvchi soliq solish ob'yektlarining va (yoki) soliq solish bilan bog'liq ob'yektlarning hisobini ishonchli boshqaruvni ta'sis etuvchining (naf oluvchining) manfaatlarida amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruv faoliyati bo'yicha va boshqa faoliyat bo'yicha alohida-alohida yuritishi shart.
Agar ishonchli boshqaruvni ta'sis etuvchi (naf oluvchi) uchun soliq majburiyatini bajarish, shuningdek soliq hisobotini va moliyaviy hisobotni tuzish hamda taqdim etish bo'yicha majburiyatni bajarish ishonchli boshqaruvchiga yuklatilgan bo'lsa, bunday soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchi hisoblanuvchi shaxs nomidan ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar ishonchli boshqaruvchi soliqlarni hisoblash va to'lash bo'yicha ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan yoki to'liq hajmda bajarmagan bo'lsa, ularni bajarish majburiyati ishonchli boshqaruvni ta'sis etuvchiga (naf oluvchiga) yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
93-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda soliq majburiyatini bajarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.