Soliq kodeksi

91-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini bajarish

(91-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-812-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 31.12.2022 й., 03/22/812/1145-сон — 2023 йил 1 январдан кучга киради)

Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning pul mablag'lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag'lari hisobidan tugatuvchi tomonidan bajariladi. Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablag'lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag'lari uning soliq qarzini to'liq hajmda uzish uchun yetarli bo'lmasa, to'lanmay qolgan qarz mazkur yuridik shaxsning ishtirokchilari tomonidan qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda uzilishi mumkin. Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa kreditorlari bilan hisob-kitoblari o'rtasida bajarish navbati fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi. Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha to'langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda boshqa soliqlar bo'yicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim. Ortiqcha to'langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalarning, jarimalarning) hisobga olinishi lozim bo'lgan summasi boshqa soliqlar bo'yicha soliq qarziga mutanosib ravishda yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi. Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar bo'yicha qarzi bo'lmagan taqdirda, ortiqcha to'langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan e'tiboran o'n besh kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Soliq to'lovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha to'langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi O'zbekiston Respublikasi soliq to'lovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq to'lovchining shaxsiy hisobvarag'idan hisobdan chiqariladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tish munosabati bilan soliqlar to'lashda ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.