Soliq kodeksi

9-modda. Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq to'lovchilar bilan hamkorligi printsipi

(9-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliqlarni va yig'imlarni belgilovchi soliq to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq to'lovchilarni hamda ushbu soliqlarning va yig'imlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni to'lash muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak. Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq to'lovchilar bilan soliq to'g'risidagi qonunchilikni to'g'ri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq organlari soliq to'lovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz to'siqlar yaratishga haqli emas, soliq to'lovchilar esa soliq organlari o'z vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.