Soliq kodeksi

87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi

(87-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi — to'rtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, quyidagi hollarda tugatiladi: soliq to'lovchi tomonidan soliq to'langanda yoki soliq agenti tomonidan o'tkazib berilganda; soliq to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bog'liq boshqa holatlar yuzaga kelganda. Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: mazkur shaxs vafot etganda; uni vafot etgan deb e'lon qilish to'g'risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda. Vafot etgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxo'rlardan undiriladi. Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda; ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.