Ushbu Kodeksda soliq solishning turlicha tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini bir vaqtda amalga oshirayotgan soliq to'lovchilar soliq solish ob'yektlarining va soliq solish bilan bog'liq ob'yektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Soliq solish ob'yektlarining va soliq solish bilan bog'liq ob'yektlarning alohida-alohida hisobi soliq to'lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosida yuritiladi.
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Soliq solish ob'yektlarining va soliq solish bilan bog'liq ob'yektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to'g'ridan-to'g'ri hisobga olish usuli yordamida yuritilishi mumkin.
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob'yektlari yoki soliq solish bilan bog'liq ob'yektlar realizatsiya qilishdan olingan tushumning umumiy summasida faoliyatning muayyan turlari bo'yicha, qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'ini hisobga olmagan holda realizatsiya qilishdan olingan tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turlariga kiritiladi.
To'g'ridan-to'g'ri hisobga olish usuli qo'llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob'yektlari yoki soliq solish bilan bog'liq ob'yektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog'liq bo'lsa, shu turiga kiritiladi. Bunda faoliyatning faqat bitta aniq turiga kiritish mumkin bo'lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob'yektlari yoki soliq solish bilan bog'liq ob'yektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning amalga oshirilayotgan barcha turlariga kiritiladi.
Maqsadli mablag'lar oluvchi soliq to'lovchilar ushbu maqsadli mablag'lardan foydalanish doirasida olingan daromadlarning (qilingan xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Soliq to'lovchilar, bundan byudjet tashkilotlari mustasno, soliq davri tugaganidan keyin o'zi hisobga olingan joydagi soliq organlariga olingan maqsadli mablag'lardan foydalanganlik to'g'risida hisobot taqdim etadi. Olingan maqsadli mablag'lardan foydalanganlik to'g'risidagi hisobotning shakli va uni taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
80-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.