Soliq kodeksi

464-modda. Soliq bazasi

(Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонунига асосан 464-модда биринчи қисми 6-бандининг чиқарилиш санаси 2025 йил 1 январь — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон)

Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb e'tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno: 1) O'zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog'ozlari bo'yicha daromadlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo'yicha daromadlar; 2) soliq agentida soliq solinishi lozim bo'lgan dividendlar; 3) qaytariladigan ko'p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo'lsa; 4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo'shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar; 5) hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonunchilikka muvofiq soliqlar bo'yicha qayta hisob-kitob o'tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi. Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi: 1) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga o'tkaziladigan vositachilik yig'imi summasiga; 2) komissiya shartnomasi bo'yicha vositachilik xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — tovarlarni import qilishda to'langan bojxona to'lovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida; 3) turizm faoliyati sub'yektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo'naltirilgan mablag'lar summasiga. 4) tadbirkorlik sub'yektlari uchun — tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining 0,5 foizidan oshmagan miqdorda o'z xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda kontsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar xarid qilishga doir xarajatlar summasiga;
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.