Soliq kodeksi

460-modda. Yig'imlarni to'lash tartibi

(460-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 майдаги ЎРҚ-1063-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2025 й., 03/25/1063/0445-сон)

Chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'im chet davlatning avtotransport vositasi O'zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq O'zbekiston Respublikasining bojxona hududida undiriladi. Yuk ko'tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo'llari bo'ylab harakatlanishi huquqi uchun yig'im qonunchilikda belgilangan tartibda Qoraqalpog'iston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari tomonidan undiriladi. Bunda to'langan yig'im yuk avtotransporti vositalari va tirkamalariga avtomobil yo'llari bo'ylab bir yil davomida harakatlanish huquqini beradi. Ushbu Kodeks 455-moddasining 2, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan yig'imlar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish boshlanganligi to'g'risida tegishincha xabarnoma yuborilgan paytdan e'tiboran to'lanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yig'im mazkur oy uchun to'liq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi. Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsuloti bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o'lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi. Alkogol mahsulotlari yoki pivo va pivo ichimliklari yoxud tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to'xtatib turilganda yoki tugatilganda yig'imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to'xtatib turiladi. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'im har oyda oldindan to'lov tarzida, joriy oyning o'ninchi sanasiga qadar to'lanadi. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig'imlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.