Soliq kodeksi

455-modda. Yig'imlarning turlari

(455-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 майдаги ЎРҚ-1063-сонли Қонунига асосан 3 ва 4-бандлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2025 й., 03/25/1063/0445-сон)

Yig'imlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'im; 1¹) yuk ko'tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo'llari bo'ylab harakatlanishi huquqi uchun yig'im; 2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig'imlar, jumladan: alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig'im; umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig'im; 3) pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'im; 4) tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'im.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.