Soliq kodeksi

454¹-modda. Soliq to'lovchilar

Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig'ini to'lovchilar (bundan buyon ushbu bo'limda soliq to'lovchilar deb yuritiladi) deb e'tirof etiladi. Ushbu Kodeks 452-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu bo'limda metallar deb yuritiladi) kiradi. Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xom ashyosi jumlasiga kiradi. Ushbu Kodeksning 69-bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq to'lovchi hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.