Soliq kodeksi

452-modda. Soliq stavkalari

(452-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/rFoydali qazilmalar guruhiSoliq solish ob'yektining nomiSoliq stavkalari, foizlarda1.Energiya manbalariNeft, tabiiy gaz, gaz kondensati 10Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo'yicha5Yer ostiga joylashtirilgan gaz2,6Ko'mir, yonuvchi slantslar 42.Qimmatbaho metallarOltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar73.Rangli metallarMis, qo'rg'oshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, alyuminiy7Boshqa rangli metallar 104.Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlariUran, toriy, radiy8Volfram2,7Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, tseziy, galiy, titan, tsirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy8Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy8Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari85.Nodir tosh xom ashyosiFeruza, listvenit, rodonit, zmeyevik, marmar yo'l-yo'l aqiq, kaxolong, yashma, xaltsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb‑ziynat uchun toshlar xom ashyosi106.Qora metallarTemir2Titan, marganets, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar47.Kon-kimyo xom ashyosiMineral pigmentlar 5,5Yod 4,8Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral o'g'itlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi3,5, biroq 6 591so'm/kub.m dan kam bo'lmagan8.Kon-ruda xom ashyosiEruvchan shpat, dala shpati xom ashyosi, kvarts va kvartsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi bo'yicha), tabiiy grafit7,9Shisha xom ashyosi, kvarts qum, brusit marmar3Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xom ashyosi, felzit4Serpentinit va boshqa kon-ruda xom ashyosi59.Noruda qurilish materiallariTsement xomashyosi, bundan tsement ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan ohaktosh mustasno5Tsement ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan ohaktosh7062 so'm/tonna*Arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, ohaktosh-chig'anoq, ohaktosh (tsement va ohak ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xomashyosi, travertin5, biroq 6 591 so'm/kub.m dan kam bo'lmaganTabiiy bezaktoshdan bloklar5, biroq 10 700 so'm/kub.m dan kam bo'lmaganMarmar5, biroq 21 400 so'm/kub.m dan kam bo'lmaganGranitlar5, biroq 32 100 so'm/kub.m dan kam bo'lmaganGips toshi, gips va angidrid, ganch5, biroq 17 066 so'm/tonnadan kam bo'lmaganG'isht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar5, biroq 4 943 so'm/kub.m dan kam bo'lmaganQurilish qumi, qumtoshlar, qum-shag'al aralashmasi**5 350 so'm/kub.m dan kam bo'lmaganOhak ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qo'shimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar510.Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalarAsosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining 50 foizi Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (tsement ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan ohaktoshdan tashqari) qat'iy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqli. Agar 2021 yilning 1 sentyabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo'lgan korxonalarga, agar ushbu moddaning to'rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari (bundan oltin, kumush, palladiy, mis va uran uchun belgilangan soliq stavkalari mustasno) 2022 yil 1 yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa'ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo'lgan korxonalarga nisbatan ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.