Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/rSoliq solish ob'yektlariSoliq stavkalari, foizlarda1.Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo'lganlarini qo'shib hisoblaganda), ko'p kvartirali uylarga uzviy bog'liq bo'lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar0,362.Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha bo'lgan0,48500 kv.m dan ortiq bo'lgan0,643.Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo'lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari0,484.Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish ob'yektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo'ljallangan, yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlari1,5
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ro'yxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qo'llaniladi.
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o'rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo'lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari bo'yicha to'lanadi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo'ljallanmagan ob'yektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi.
Kalendar yil soliq davridir.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
422-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri
(422-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.