Soliq kodeksi

420-modda. Soliq bazasi

(420-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонунига асосан тўртинчи ва бешинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob'yektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi: ushbu Kodeks 419-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan ob'yektlar bo'yicha — qirq ikki million so'mdan kam bo'lishi mumkin emas; ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ob'yektlarning 1 kv. metri bo'yicha — ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining to'rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida belgilangan eng kam qiymatdan past bo'lishi mumkin emas. Bunda ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining yettinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi xatboshilari qoidalari ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ob'yektlarga nisbatan ham tatbiq etiladi; davlat ko'chmas mulk ob'yektini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mol-mulk solig'i, agar mazkur ob'yekt uchun unga «tasarruf etish huquqisiz» belgisini qo'ygan holda davlat orderi berilgan bo'lsa, ob'yektning xaridor tomonidan mazkur ob'yekt bo'yicha sotib olish to'lovlarining to'langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng o'rtacha yillik qoldiq qiymati. Bunda soliqlar davlat ko'chmas mulk ob'yekti bo'yicha sotib olish to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo'mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi qoidalari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun berilgan ko'chmas mulk ob'yektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo'yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob'yektining bahosi mavjud bo'lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan summaning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob'yekti bo'yicha soliq to'lovchi bo'lgan taqdirda, soliq bazasi har bir ob'yekt bo'yicha alohida hisoblab chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.