Ko'chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob'yekti hisoblanadi.
Ko'chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlarda ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan ob'yektlar. Qurilishi tugallanmagan ob'yektlarga qurilish ob'yektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob'yektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo'lsa, ushbu ob'yektning qurilishiga vakolatli bo'lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e'tiboran yigirma to'rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob'yektlar kiradi;
3) temir yo'llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob'yektlarning ajralmas texnologik qismi bo'lgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko'rsatilgan turar joy ko'chmas mulk ob'yektlari, ko'chmas mulk ob'yekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o'tgach.
Quyidagi ko'chmas mulk ob'yektlari soliq solish ob'yekti hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan ob'yektlar;
2) uy-joy-kommunal xo'jaligining va belgilangan maqsadi bo'yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo'jaligi ob'yektlari. Uy-joy-kommunal hamda boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo'jaligi ob'yektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ob'yektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari (oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan), vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar hamda issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'yektlariga texnik jihatdan xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash, boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash, ko'p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish uchun mo'ljallangan binolar, shuningdek ko'p kvartirali uylarda joylashgan ko'p kvartirali uy mulkdorlarining umumiy mol-mulki kiradi;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari, shu jumladan pulli avtomobil yo'llari;
4) sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5) soliq to'lovchining balansida bo'lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob'yektlar;
6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong'in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob'yektlar. Ob'yektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong'in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob'yektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yong'in xavfsizligi organining ma'lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
7) yer uchastkalari;
8) «Mahalla servis» kompaniyalari egaligida bo'lgan mahallalarni obod qilish bilan bog'liq ishlarni bajarish hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlarni ko'rsatishga mo'ljallangan binolar.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
411-modda. Soliq solish ob'yekti
(411-модда учинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 августдаги ЎРҚ-1162-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 06.08.2026 й., 03/26/1162/0821-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.