Soliq kodeksi

387-modda. Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar

Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: 1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlari; 2) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar; 3) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar; 4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar. O'zi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo'lmagan O'zbekiston Respublikasining rezidenti bo'lgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad to'lovchi soliq agenti jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli. Bunda soliq to'lovchi moddiy naf tarzidagi daromad bo'yicha ushbu Kodeksning 393-moddasiga muvofiq soliqni to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.