Hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha soliq summasi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo'yicha soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo'lgan foizli ulushi sifatida soliq davri boshlanishidan e'tiboran oshib boruvchi yakun tarzida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan har bir hisobot va soliq davri o'tganidan keyin, soliq solinadigan ob'yektlar mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat'i nazar, soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq hisoboti yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
hisobot davri yakunlari bo'yicha — hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
soliq davri yakunlari bo'yicha — o'tgan soliq davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
362-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.