Soliq kodeksi

350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliqni hisobga olish tartibi

O'zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan doimiy muassasa belgilariga javob beradigan faoliyatdan, doimiy muassasa sifatida soliq organida hisobga qo'yishga qadar olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan tartibda soliq agentida soliq solinishi lozim. Bunda soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliq norezident soliq organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo'yilganidan keyin soliq majburiyatlarini qoplash hisobiga hisobga olinishi lozim. Mazkur moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hisobga olish soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.