Soliq kodeksi

344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari

(344-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 9 ноябрдаги ЎРҚ-646-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 09.11.2020 й., 03/20/646/1488-сон)

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi soliq rezidentiga to'lanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu bo'limda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi. O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va byudjet tashkilotlariga mablag'larni depozitga joylashtirishidan to'lanadigan foizlarga to'lov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi bo'yicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.