Soliq kodeksi

337-modda. Soliq stavkalari

(337-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/rSoliq to'lovchilarSoliq stavkalari, foizlarda1Banklar202Quyidagi soliq to'lovchilar:polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatishdan iborat bo'lgan203O'zi ishlab chiqargan o'z qishloq xo'jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda bo'yicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo'jaligi korxonalari04Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to'lovchilar05Qo'shimcha manbalardan daromadlar oluvchi byudjet tashkilotlari07Bozor va savdo komplekslarida xizmat ko'rsatishdan olingan foyda209Yagona ishtirokchilari nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo'lgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi bo'lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnatiga haq to'lash jamg'armasi mehnatga haq to'lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq to'lovchilar010O'zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'lardan foydalanishdan olinadigan daromadlar010¹Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda010²Yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda011Dividendlar tarzidagi daromadlar512Qolgan soliq to'lovchilar, bundan 1 — 11-bandlarda ko'rsatilganlar mustasno15 Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko'rsatilgan soliq to'lovchilar faoliyatning barcha turlari bo'yicha belgilangan soliq stavkasini qo'llaydi. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko'rsatilgan soliq to'lovchilar, agar o'zi ishlab chiqargan qishloq xo'jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan ko'prog'ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo'yicha 0 foiz miqdorida soliq stavkasini qo'llashga haqlidir. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to'lovchi ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan mezonlarga rioya etmagan taqdirda, mazkur shartlarga rioya etmaganlik ro'y bergan soliq davrining boshlanishidan e'tiboran ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini ilgari o'tgan soliq davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan holda qo'llaydi. Qo'shimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari, basharti bo'shatilayotgan mablag'lardan qonunchilikda belgilangan tartibda byudjet tashkilotlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, o'z xodimlarini moddiy rag'batlantirish uchun maqsadli tarzda foydalansa, 2027 yilning 1 yanvariga qadar 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qo'llaydi. O'zida ishlovchilarning umumiy o'rtacha yillik sonining 3 foizidan ko'prog'i nogironligi bo'lgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi bo'lgan shaxslarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi. 2022 yil 1 sentyabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta o'n milliard so'mdan oshgan soliq to'lovchilar (bundan ushbu moddaning o'n uchinchi qismida nazarda tutilgan soliq to'lovchilar mustasno) ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo'llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard so'mdan oshmasa, haqli. Bunda ushbu modda o'n uchinchi qismida ko'rsatilgan soliq to'lovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda aniqlashga haqli. Ushbu moddaning yettinchi va o'n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozi yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqni va aktsiz solig'ini to'lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to'lovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan soliq imtiyozini qo'llash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik sub'yekti o'rtasida soliq to'lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (bo'lish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi. Ushbu modda birinchi qismining 10¹-bandida nazarda tutilgan 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran uch yil mobaynida, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo'lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi bilan quyosh panellari o'rnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran o'n yil mobaynida qo'llaniladi. Ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to'lovchilarga nisbatan ushbu modda birinchi qismining 10²-bandida nazarda tutilgan 0 foiz miqdordagi soliq stavkasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ob'yekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e'tiboran uch yil muddatga, ularning yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga oid qismi bo'yicha qo'llaniladi. Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ayrim soliq to'lovchilar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin. 2026 yil 1 yanvardan boshlab ilk marotaba soliq to'lashga o'tgan aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar — soliq to'lashga o'tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida soliq to'lashdan (bundan dividend va foizli daromadlar mustasno) ozod qilinadi. Mazkur tartib qayta tashkil etilgan soliq to'lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.