Ushbu bo'limda nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarni inobatga olgan holda chegirilishi lozim bo'lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi soliq to'lovchining zarari deb e'tirof etiladi.
Muomaladagi qimmatli qog'ozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo'yicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan ko'rilgan zararlar deb e'tirof etiladi.
Oldingi soliq davrida (davrlarida) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) bo'lgan soliq to'lovchi joriy soliq davrining foydasini ushbu ko'rilgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Soliq bazasi oldingi soliq davrida (davrlarida) ko'rilgan zarar summasiga faqat joriy soliq davrining yakunlari bo'yicha kamaytirilishi mumkin.
Bir kalendar yildan ortiq yillarda ko'rilgan zararlar ular ko'rilgan ketma-ketlikda o'tkaziladi.
Bosh bankdan umidsiz qarzlarni oluvchi shu'ba tashkiloti tomonidan ko'rilgan zararlar kelgusi davrlarga o'tkazilmaydi.
Zararlarni o'tkazishning alohida hollardagi o'ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 334 — 336-moddalarida nazarda tutilgandir.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
333-modda. Zararlarni kelgusiga o'tkazish
(333-модданинг тўртинчи ва бешинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-741-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2021 й., 03/21/741/1219-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.