Yer qa'ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan o'rganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo'lgan boshqa xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari bo'yicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq to'lovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan e'tiboran soliq to'lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi har oyda teng ulushlarda, soliq to'lovchining xohishiga ko'ra belgilanadigan amortizatsiya normasini qo'llash yo'li bilan:
biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo'yicha to'plangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda;
biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo'yicha to'plangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq to'lovchi yer qa'ri uchastkasidagi ishlarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa sabablarga ko'ra tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qa'ridan foydalanish huquqi to'liq tugatilsa, soliq to'lovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
311-modda. Geologik jihatdan o'rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar
(311-модда тўртинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.