Soliq kodeksi

285-modda. Soliq bazasi

(285-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 1 январь)

Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aktsiz to'lanadigan tovarlarning har bir turi bo'yicha alohida aniqlanadi. Aktsiz to'lanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qat'iy) summada belgilangan bo'lsa, soliq bazasi aktsiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ishlab chiqarilayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlarga soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan bo'lsa, soliq bazasi bo'lib realizatsiya qilingan aktsiz to'lanadigan tovarlarning qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past bo'lmagan qiymati hisoblanadi. Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to'lash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aktsiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq bazasi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aktsiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq bazasi aktsiz to'lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini o'z ichiga oladi. Aktsiz to'lanadigan tovarlarga nisbatan qat'iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo'lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo'lsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, aktsiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aktsiz to'lanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Chetdan olib kirilayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan bo'lsa, soliq bazasi bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi. Olib kirilayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlarga nisbatan qat'iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan bo'lsa, soliq bazasi import qilingan aktsiz to'lanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Olib kirilayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlarga nisbatan qat'iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo'lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo'lsa, soliq bazasi bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan, aktsiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aktsiz to'lanadigan tovarlarning bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Benzinni, dizel yoqilg'isini va gazni yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilish chog'ida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilg'isi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.