Aktsiz solig'ini to'lovchilar (bundan buyon ushbu bo'limda soliq to'lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagi shaxslar e'tirof etiladi:
1) O'zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig'i solinadigan tovarlarni (aktsiz to'lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste'molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg'isini yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz to'ldirish stantsiyalari va gaz to'ldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bo'limni qo'llash maqsadida yakuniy iste'molchilar deganda o'z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg'isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo'lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aktsiz to'lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat bo'yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) O'zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aktsiz to'lanadigan tovarlarni olib o'tuvchilar. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq to'lovchilar deb e'tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aktsiz solig'i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari ham soliq to'lovchilar deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
283-modda. Soliq to'lovchilar
(283-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.