Ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlar ko'rsatuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organiga soliq hisobotini soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali, belgilangan format bo'yicha elektron shaklda taqdim etadi.
Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga hujjatlarni (axborotni) va ma'lumotlarni taqdim etish uchun soliq to'lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish mumkin bo'lmagan davrda bunday hujjatlar (axborot) va ma'lumotlar telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.
Soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va boshqa ma'lumotlar o'tgan chorakdan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliqni to'lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
281-modda. Elektron shaklda xizmatlar ko'rsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to'lash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.