Soliq kodeksi

263-modda. Xalqaro tashishlar bilan bog'liq xizmatlarga soliq solish

(263-модда биринчи қисмининг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Nol stavka bo'yicha soliq solish quyidagilarni realizatsiya qilish chog'ida amalga oshiriladi: 1) tovarlarni xalqaro tashish bo'yicha xizmatlarni. Tovarlarni xalqaro tashish deganda tovarlarning jo'natish punkti yoki belgilangan punkti O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan taqdirda tovarlarni havo kemalari, temir yo'l transporti va (yoki) avtotransport vositalari orqali tashish tushuniladi; 2) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog'ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni O'zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan to O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoki transportda tashish bilan bevosita bog'liq bo'lgan xizmatlarni; 3) tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, basharti yo'lovchilarni, pochtani va bagajni jo'natish punkti yoki belgilangan punkti O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo'lsa, yo'lovchilarni, pochtani va bagajni tashish bo'yicha xizmatlarni; 4) O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilinadigan tovarlarni tashish yoki transportda tashish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududidagi qayta ishlash mahsulotlarini O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bo'lgan tashuvchilar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni. Ushbu bandning qoidalari, basharti tashish hujjatlarida bojxona organlarining belgilari qo'yilgan bo'lsa, qo'llaniladi; 5) xalqaro tashishda havo kemalariga bevosita O'zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O'zbekiston Respublikasining havo hududida ko'rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan aeronavigatsiya xizmatlarini. Ushbu moddaning qoidalari tovarlarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport ekspeditsiyasi shartnomalariga asosan ko'rsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu modda maqsadida transport-ekspeditorlik xizmatlari jumlasiga yuklarni qabul qilish va yetkazib berish, ortish-tushirish va saqlash, yuklarni sug'urtalashni tashkil etish, tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlari, yetkazib berish muddatlari tugaganidan keyin yuklarni qidirish, ularni ekspeditorning omborxonalarida saqlash xizmatlari kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.