Soliq kodeksi

260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish

Nol darajali stavka bo'yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi: 1) O'zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar; 2) ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O'zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo'lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar); 3) O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g'amlab qo'yilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan yoqilg'i va yonilg'i-moylash materiallari g'amlab qo'yilgan narsalar deb e'tirof etiladi; 4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog'ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O'zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog'liq bo'lgan xizmatlar; 5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog'liq bo'lgan xizmatlar. Nol darajali stavkani ayrim hollarda qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 264-moddasida belgilangan. Nol darajali stavkani qo'llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.