Soliq kodeksi

256-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar amalga oshirilganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari

(256-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 1 январь)

O'zbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mol-mulki ijaraga berilganda, davlat mulkini ijaraga berish bo'yicha vakolatli organ soliq agenti deb e'tirof etiladi. Bunday hollarda soliq bazasi bunday mol-mulkning soliq hisobga olingan holdagi ijara shartnomasida belgilangan ijara to'lovi miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda (berilganda) soliq bazasi soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkning xaridorlari (uni oluvchilar) soliq agenti deb e'tirof etiladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkor bo'lmagan jismoniy shaxslar mustasno. Bunday hollarda soliq bazasi sotib olinayotgan (olinayotgan) davlat mol-mulkining soliq hisobga olinmasdan shartnomada belgilangan qiymati miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida musodara qilingan mol-mulk, sudning qaroriga binoan realizatsiya qilinadigan mol-mulk, egasiz qimmatliklar, xazinalar va sotib olingan qimmatliklar, shuningdek meros olish huquqi asosida davlatga o'tkazilgan qimmatliklar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu mol-mulkni (qimmatliklarni) aktsiz solig'ini (aktsiz to'lanadigan tovarlar uchun) va soliqni hisobga olgan holda realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi sifatida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan organ, tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor soliq agenti deb e'tirof etiladi. Soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan har bir operatsiyani amalga oshirish chog'ida soliq agentlari tomonidan alohida aniqlanadi. Ushbu moddaga muvofiq soliq agenti deb e'tirof etiladigan shaxslar soliq to'lovchidan tegishli soliq summasini, u soliq to'lovchi ekanligidan yoki soliq to'lovchi emasligidan qat'i nazar, hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va byudjetga to'lashi shart. Ushbu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 243-moddasi birinchi qismining 26¹-bandida nazarda tutilgan tovarlarni realizatsiya qilishda qo'llanilmaydi. Ushbu moddaga muvofiq soliq to'langanligini tasdiqlovchi to'lov hujjati xaridorga to'langan soliq summasini ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olish huquqini beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.