Yo'lovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yo'l, avtomobil, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qo'shmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Imtiyozli tariflar bo'yicha yo'l hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Safar boshlanguniga qadar xaridorlarga ishlatilmagan yo'l hujjatlari uchun pullar qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim bo'lgan summaga soliqning barcha summasi kiritiladi.
Safar tugatilganligi sababli yo'l davomida yo'lovchilarga yo'l hujjatlari qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim bo'lgan summaga yo'lovchilar yurishi kerak bo'lgan qolgan masofaga tegishli miqdordagi soliq summasi kiritiladi. Bunday holda soliq bazasini aniqlashda yo'lovchilarga haqiqatda qaytarilgan summalar hisobga olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq bazasini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.