Soliq kodeksi

231-modda. Shikoyat berish tartibi

(231-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 февралдаги ЎРҚ-910-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2024 й., 03/24/910/0140-сон)

Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaxsning soliq organiga yoki sudga soliq organining kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega bo'lmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga ko'ra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb e'tirof etiladi. Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat bo'yicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qo'shimcha hisoblangan soliqlar va yig'imlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar qo'llanilishini to'xtatib turadi. Soliq to'lovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan bo'lsa, o'sha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi to'g'risida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart. Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega bo'lmagan, shikoyatlarni ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha qabul qilingan hujjatlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga ham shikoyat qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining normativ xususiyatga ega bo'lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi. Yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat bergan shaxs shikoyat bo'yicha qaror qabul qilinishiga qadar uni ko'rib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yo'li bilan shikoyatni to'liq yoki qisman chaqirib olishi mumkin. Yuqori turuvchi soliq organidan shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni o'sha asoslarda shikoyat bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.