Soliq kodeksi

23-modda. Soliq agentlari

(23-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to'lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o'tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e'tirof etiladi. Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq to'lovchilar kabi huquqlarga ega bo'ladi. Soliq agentlari: soliqlarni to'g'ri va o'z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet tizimiga o'tkazishi; soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo'qligi va soliq to'lovchining soliq qarzi summasi to'g'risida bunday holatlar soliq agentiga ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; hisoblangan va to'langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va byudjet tizimiga o'tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to'lovchi bo'yicha alohida yuritishi; soliqlarning to'g'ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o'tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o'tkazish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 88-moddasida nazar tutilgan da'vo muddati mobaynida but saqlanishini ta'minlashi shart. Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.