Soliq kodeksi

228-modda. Soliq (yig'im), bo'nak to'lovi, penyalar va jarimalarni o'tkazish to'g'risidagi topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish

Bank tomonidan soliq (yig'im), bo'nak to'lovi, penya va jarima summasini o'tkazish to'g'risidagi soliq to'lovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) — O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun o'tkazilmagan summa bir foizining beshdan bir qismidan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.