Soliq kodeksi

225-modda. Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish

Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar bo'lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo'shilgan qiymat solig'ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, — mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko'rsatilgan qo'shilgan qiymat solig'i summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko'rsatilgan soliq summasini byudjetga to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.