Soliq kodeksi

221-modda. Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron to'lov tizimlarining va to'lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qo'llanilish tartibini buzish

(221-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron to'lov tizimlarining va (yoki) to'lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qo'llanilishi majburiy bo'lgani holda, ularni qo'llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko'rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitantsiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo'lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko'rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari, elektron to'lov tizimlari va (yoki) to'lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlar orqali to'lovlarni qabul qilishni rad etganlik, — besh million so'm miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Soliq organlarida ro'yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo'llagan yoki sotib oluvchiga kvitantsiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko'rsatganlik, — yetti million so'm miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan yoki to'lov tashkilotlarining raqamli platformalaridan ro'yxatdan o'tgan boshqa soliq to'lovchilarga tegishli bo'lgan maxsus QR-koddan soliq to'lovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million so'm miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Texnik talablarga muvofiq bo'lmagan yoki xizmat ko'rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million so'm miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.