Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar e'tirof etiladi:
1) shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar og'ir kechishi oqibatida soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
2) tahdid yoki majburlash ta'sirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
3) sud yoki ishni ko'rayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb topilishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar.
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat deb e'tirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun o'ziga nisbatan javobgarlik choralari qo'llanilgan shaxs bu choralar qo'llanilgan kundan e'tiboran bir yil ichida bunday huquqbuzarlikni qayta sodir etmagan bo'lsa, u javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og'irlashtiruvchi holatlar sud yoki ishni ko'rayotgan soliq organi tomonidan belgilanadi va moliyaviy sanktsiyalar qo'llanilganda inobatga olinadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
216-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.