Tax Code

201-modda. Narxni belgilash to'g'risidagi bitimni tugatish tartibi

(201-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Narxni belgilash to'g'risidagi bitim uning amal qilish muddati o'tganidan keyin tugatiladi yoki ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Soliq to'lovchi narxni belgilash to'g'risidagi bitimni uning amal qilishi muddati davomida soliqlarning to'liq to'lanmasligini keltirib chiqargan holda buzgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi rahbarining (rahbar o'rinbosarining) qaroriga ko'ra ushbu bitim muddatidan oldin tugatiladi. Narxni belgilash to'g'risidagi bitim taraflarning kelishuviga yoki sudning qaroriga ko'ra ham muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining narxni belgilash to'g'risidagi bitimni tugatish haqidagi qarori soliq to'lovchiga (uning vakiliga) undan tilxat olingan holda topshiriladi yoki unga qaror olingan sana to'g'risida dalolat beruvchi boshqa usul bilan beriladi yoxud soliq to'lovchiga tegishli qaror qabul qilingan kundan e'tiboran besh kun ichida pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Soliq to'lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan qaror ushbu buyurtma xat yuborilgan kundan e'tiboran besh kun o'tgach olingan deb hisoblanadi. Soliq to'lovchi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining narxni belgilash to'g'risidagi bitimni tugatish haqidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Narxni belgilash bitimi muddati tugagach avtomatik tugatiladi. Agar soliq to'lovchi to'lovlarni to'lamasa yoki bitim shartlarini buzsa, soliq qo'mitasi muddatidan oldin tugatishi mumkin. Taraflar kelishuviga yoki sud qaroriga ko'ra ham erta tugatilishi mumkin. **Kimga tegishli** Bu qoida soliq to'lovchilar va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga tegishli. **Amalda** Kompaniya bilan narxni belgilash bitimi tuzildi. Agar kompaniya soliq to'lamasa, soliq qo'mitasi bitimni erta tugatish haqida qaror qabul qiladi va uni pochta orqali yuboradi. Qaror 5 kun ichida yetib boradi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.