Narxni belgilash to'g'risidagi bitim bitta bitim yoki ayni bir predmetga ega bo'lgan bir nechta bitim (bir turdagi bitimlar guruhi) bo'yicha uch yildan oshmaydigan muddatga tuzilishi mumkin.
Narxni belgilash to'g'risidagi bitimning amal qilishi soliq to'lovchi mazkur bitim kuchga kirgan kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan kalendar yilning birinchi sanasidan e'tiboran o'tgan davrga nisbatan tatbiq etiladi.
Soliq to'lovchi, agar u narxni belgilash to'g'risidagi bitimning barcha shartlariga rioya etsa, narxni belgilash to'g'risidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga murojaat qilishga haqli.
Narxni belgilash to'g'risidagi bitim taraflarning kelishuviga ko'ra ushbu Kodeksning 199-moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq bo'lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Narxni belgilash to'g'risidagi bitim, agar bevosita mazkur bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, bitim imzolangan yildan keyingi kalendar yilning 1 yanvaridan e'tiboran kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
198-modda. Narxni belgilash to'g'risidagi bitimning amal qilish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.