Soliq kodeksi

164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish

Soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha qaror u kuchga kirgan kundan e'tiboran ijro etilishi lozim. Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga yuklatiladi. Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko'rib chiqilgan taqdirda, ushbu yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori kuchga kirgan kundan e'tiboran uch kun ichida dastlabki qaror qabul qilgan soliq organiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.