Soliq kodeksi

155-modda. Soliq tekshiruvini o'tkazish chog'ida g'ayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yo'l qo'ymaslik

(155-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq tekshiruvini o'tkazish chog'ida tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning egaligida, foydalanishida yoxud tasarrufida bo'lgan mol-mulkka g'ayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yo'l qo'yilmaydi. Soliq tekshiruvini o'tkazish chog'ida soliq organlarining g'ayriqonuniy qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari orqali yetkazilgan zararning o'rni to'liq hajmda qoplanishi lozim. Soliq organlarining g'ayriqonuniy qarorlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ularning mansabdor shaxslari qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar bo'ladi. Soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning vakillariga yetkazilgan zararning o'rni qoplanmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.