Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo'lmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Videotasvirni yozib olish to'xtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining ko'chirma nusxasi soliq to'lovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi.
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda videotasvirga olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki videoyozuvga olish imkoniyati mavjud bo'lmaganda xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog'liq harakatlarga majburiy tartibda jalb etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
153-modda. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini ta'minlash
(153-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.